SIRKADARAXT

SIRKADARAXT (Rhus coriaria L.) pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxt. Bo’yi 0,5—5 m. Barglari murak- kab, toq patsimon, yashil, kuzda qizil rangga kiradi. Guli novdalarining uchida ro’vaksimon yoki shingilsimon g’uj joylashgan. Iyun — iyulda gullab, sent — okt.da mevalaydi. Urug’i, novda- si va ildiz bachkisidan ko’payadi. Jan. mamlakatlarda, O’zbekistonda Surxon- Daryo viloyatidagi daryolarning sershag’al qirg’oklarida o’sadi. Manzarali o’simlik. Mevasi nordon va xushbo’y, ishtaha ocha- Di, ovqatni tez hazm qiladi. Xalq Tabo- batida og’iz va milk jarohatlari, tomoq og’rig’ida ishlatiladi. Barglari, ildiz- lari, po’stlog’i, yosh novdalari va mevala- rida teriga, yungga, ipakka va har xil gaz- mollarga rang berishda qo’llaniladigan tannin (13-22%), gallat, pirogallat, vino va sirka kislotalari, kvarsetin, ramnetin, mirisetin hamda vitamin S bor.