Sirojiddin Sayyid
Sirojiddin Sayyid (taxal- Lu si; asl ism-sharifi Saidov Siro- jiddin) (1958.30.10, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlog’i) — shoir. Toshkent un-tining jurnalistika ftini tugat- gan (1979). “Toshkent oqshomi” (1980— 89), “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” (1989-90; 1991-96) gaz.lari va “mush- tum” jur.da (1990-91) adabiy xodim, bo’lim mudiri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvida rais o’rinbosari (2001-03), birinchi o’rinbosari (2003 y.dan). Ilk she’rlar to’plami — “Ruhim xaritasi” (1985). Shundan keyin uning “Salqin xarsanglar kaftida” (1987), “Sevgi mamlakati” (1989), “asragil” , “Mexr qolur, muhabbat qolur” (1990), “Kuydim” (1994), “Vatanni o’rganish” (1996), “Vatan abadiy” (2001) va b. to’plamlari nashr etilgan. S.S. she’ri- yatida o’zbek mumtoz she’riyati an’ana- lari b-n birga xalq og’zaki ijodiga xos xususiyatlar — xalqchillik, soddalik, tilning shiraligi, Surxondaryo shevasi- ga xos leksik va musiqiy tovlanishlar etakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat she’rlari ashulaga aylangan. Ayni paytda S.S. o’z ijodida o’zbek she’riyatining so’nggi badiiy yutuKla- rini o’zlashtirgan holda hoz. voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz be- rayotgan o’zgarishlarni aks ettirmoqda. “Do’stlik” ordeni b-n mukofotlangan (1999). Ac: ustimizdan o’tgan oylar, T., 2003.