Sirtlonlar

Sirtlonlar (Hyaenidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut Emi- zuvchilar oilasi. Tashqi ko’rinishi buri- ga o’xshaydi. Gavdasining uz. 55-165 sm. Oldingi oyoklari orqadagisiga nisbatan uzunroq. Oyoqlari 4 barmokli (er bo’risi oldingi oyoklari 5 barmokli), bo’yni yo’g’on, boshi katta, tishlari yirik. Dumi pahmoq, kalta (uz. 20-22 sm). Ko’pchiligining bo’yni ustida va qisman yag’rinida uzun yungi (yoli) bo’ladi. Qo’ng’ir yoki kulrangtusli yungi yo’l-yo’l yoki Xoldor. Anal teri bezlari o’tkir hidli sekret ajratib chiqaradi. 3 urug’i; yo’l- yo’l S, Xoldor S, er bo’rilari) va 4 turi bor. Afrika, Old va O’rta Osiyo, Jan. G’arbiy Osiyoda tarkalgan. O’zbekiston Jan.da (Surxondaryo viloyati) yo’l-yo’l sirtlon 20-a. o’rtalarigacha uchragan. S. yarim cho’l va cho’lda yashaydi, kechasi ov qiladi. Yakka yoki juftjuft bo’lib yuradi. Yiliga 1 marta 2-4, ba’zan 6 tadan bolalaydi. Hayvonlar murdasi b-n oziqlanadi; guruh bo’lib birmun- cha yirik tuyoqli hayvonlar (antilopa- lar), ba’zan uy hayvonlariga ham hujum qiladi. 1 turi va 1 kenja turi xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.