Sitor

Sitor — hind va Pokiston torli- tirnama musiqa cholg’u asbobi. Dehli sultonligi davri (13-14-a.lar)dan Shim. Hindistonda tarqalgan. Keng va uzun dastasiga siljuvchi pardalar (19 dan 23 gacha) o’rnatilgan. Unga 7 asosiy va yon quloklariga 13 aks sado beruvchi simlar tortiladi. Kovoqdan qilingan asosiy kosasining usti yupqa taxta b-n qoplangan bo’lib, qo’shimcha kosachasi ham bo’ladi. Nolalarga boy ovozi, ja- rangdorligi, virtuozlik imkoniyatlari kengligi tufayli hind mumtoz musiqa (raga) ansambllarida Sdan asosiy cholg’u sifatida foydalaniladi. Manbalarda ko’rsatilishicha, S.ni takomillashtirgan va ilk mohir ijrochisi Xusrav Dehlaviy hisoblanadi. 20-a.da S. ijrochilaridan G’ulom Muhammad Xon, Barkat Ali, Ol- louddin Xon, Ravi Shankar va b. mashhur.