SIYOLKAT
SIYOLKAT — Pokistonning shim. Sharqiy qismidagi shahar, Panjob VI- loyatida. Hindiston chegarasiga yaqin. Aholisi 417,6 ming kishi (1998). Yirik savdosanoat markazi. Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (elektrotex- Nika) va metallsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat, ko’npoyabzal sanoati korxo- nalari bor. Tibbiyot (jarroxlik) va mu- sika asboblari, sport anjomlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda metal idishlar tayyorlanadi, gilam to’qiladi, yog’och va metall o’ymakorligi rivojlan- gan. Sda sikh diniga asos solgan Guru Nanakning maqbarasi va b. me’moriy yod- gorliklar saqiangan.