SIYOSIY IJTIMOIYLASHUV
SIYOSIY IJTIMOIYLASHUV — individ jamiyatning to’laqonli a‘zosi sifatida faoliyat ko’rsatishiga imkon beruvchi muayyan bilimlar, me‘yorlar, qadriyatlarni o’zlashtirilishi jarayoni. Inson o’z hayoti davomida jamiyatdagi o’z maqomi va roliga ko’ra hulq-atvorni, madaniy qadriyatlar va me‘yorlarni o’zlashtiradi. Bu jarayon unda siyosiy tizimga moslashish va muayyan funksiyalarni bajarishga doir sifatlar va ko’nikmalar shakllanishiga olib keladi. Jamiyat a‘zolarini siyosiy faoliyatga jalb etish Siyosiy ijtimoiylashuv hisoblanadi.