SIYOSIY ISHTIROK
SIYOSIY ISHTIROK — ijtimoiy-siyosiy jamoa a‘zolarining ichki siyosiy munosabatlar va hokimiyat tarkibiga jalb etilganligi hamda siyosiy elitani shakllantirish, uning ligitimligini tan olish, joriy siyosatni shakllantirish va uning bajarilishini nazorat etishda ommaning ishtiroki. Siyosiy ishtirok to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va bavosita amalga oshirilishi mumkin; umumiy va cheklangan; ixtiyoriy va majburiy; an‘anaviy, faol va passiv; legitim va kolegitim; qonuniy va qonunga xilof bo’lishi mumkin. Siyosiy elitani shakllantirish, uning legitimligini tan olish, joriy siyosatni shakllantirish va uning bajarilishini nazorat etishga ommaning jalb etilganligi ham Siyosiy ishtirok hisoblanadi.