SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA
SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA — o’zaro kelishuvlarga erishish maqsadida jamiyatning siyosiy kuchlari va individlari o’rtasida muttasil ravishda siyosiy mazmunmohiyatlarning almashib turish jarayonidir. Siyosiy kommunikatsiya tushunchasi XX asrning 40-yillarining oxiri – 50-yillarining boshida paydo bo’lgan. Siyosiy kommunikatsiya siyosiy axborotlar almashish jarayoni hisoblanadi. ― Siyosiy kommunikatsiya tushunchasi siyosiy faoliyatni jonlantirish, jamiyat a’zolarida ijtimoiysiyosiy ong va tafakkurni shakllantirish, umuman olganda, fuqarolarni siyosiy sotsiallashuvida aloqa vositalaridan foydalanish, axborotlarni uzatish, yetkazish va qabul qilish jaroyonini bildiradi.