SIYOSIY MUNOSABATLARNING SUBYEKTI

SIYOSIY MUNOSABATLARNING SUBYEKTI — ongli va shunga ko’ra anglangan, maqsadli faoliyatga qodir amaliy faoliyat egasi. Ya‘ni sub‘yekt belgilariga quyidagilar kiradi: onglilik, shu jumladan o’z-o’zini anglaganlik, aniq maqsadga va uni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo’lish. Siyosatda sub‘yekt sifatida alohida individlar ham, turli guruhlar, tashkilotlar ham qaraladi.