SIYOSIY O’ZGARISH

SIYOSIY O’ZGARISH — jamiyatni boshqarishda hokimiyat vakolatlari yoki ularni taqsimlashni amalga oshirishga daxldor bo’lgan maqsadlar yoki jarayondir, tuzilmalarni qayta qurish hisobalanadi. Siyosiy o’zgarish almashib borayotgan ijtimoiy muhitning yangi talablariga nisbatan hokimiyat va boshqaruvning mavjud tizimini moslashtiradi yoki oldingi imkoniyatlarini yo’qotgan muayyan tizimning yana o’zining samarali amal qilish qobiliyatini qo’lga kiritishga ko’maklashadi. Uning asosiy turlari – siyosiy islohotlar, inqilob, restavratsiya, konstitutsiyani to’liq yoki qisman ravishda qaytadan ko’rib chiqish.