SIYOSIY REALIZM
SIYOSIY REALIZM — siyosiy sohadagi harakat bo’lib, u vaziyatni, kuchlar nisbatini, o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda, belgilangan dasturni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga olib keladigan rivojlanish tendensiyasini ob‘yektiv tahlil qilishga asoslangan. Siyosiy realizm xalqaro munosabatlarda mavjud muammolarning tinch-totuv yashash tamoyili asosida o’zaro maqbul yechimini topishga intilishini barcha tomonlardan talab qiladi.