SIYOSIY TIZIM

SIYOSIY TIZIM – jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalar majmui. Siyosiy tizim, ayni vaqtda, turli siyosiy g’oyalar, qarashlar, tasavvurlarni, siyosiy hayotni tartibga soluvchi va belgilovchi siyosiy normalar, axloqiy tamoyillar, an’analarni ham o’zida ifoda etadi.