SIYOSIY VOLYUNTARIZM

SIYOSIY VOLYUNTARIZM – siyosatda sub‘yektivizmning o’ta kuchli namoyon bo’lishi; sub‘yekt irodasi, intilishlarini siyosatning bosh omili sifatida qaralishi; uni amalga oshiruvchi shaxslarning sub‘yektiv irodasi va o’zboshimcha qarorlari bilan bilgilanuvchi siyosiy faoliyat. Siyosatda valyuntarizm siyosat – yetakchilar, kichik guruh irodasi bilan yaratilishi haqidagi tasavvurlar bilan bog’liq; siyosiy hokimiyatning jamiyat hayotidagi o’rnini oshirib ko’rsatadi; uni cheklash – tashkilotlar va institutlar faoliyatida demokratiyani rivojlantirish; davlat miqiyosida esa – qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini aniq va izchil bo’linishi orqali amalga oshadi.