Skikda

Skikda — Jazoirning shim. Sharqiy qismidagi shahar. Skikda VI- loyatining ma’muriy markazi. Aholisi 130 ming kishidan ziyod. O’rta dengiz bo’yidagi port. Neft kimyosi, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat (zaytun moyi, meva va baliq konvervalari i.ch.) sanoa- ti korxonalari, issiklik elektr st-yasi bor. Plastmassa ishlab chiqariladi. S.ga quvurlar orqali keltirilgan neft va gaz eksport qilinadi. Skil (Yun. Skyles) — skiflar podshosi (mil.AV. 5-a.). Ge- rodotning yozishicha, S. skiflar podsho- si Ariapeyt (Ariapif) va Istropol sh. dan bo’lgan yunon qizining farzandi bo’lgan. Onasi S.ga yunon tili va yozuvi- dan ta’lim bergan. S. Olviya sh.da katta uy soldirgan, unda barcha narsalarda el- linlarga taklid qilib, ellincha yashagan va ellinlar udumi bo’yicha ma’budlarga qurbonlik qilgan. Bundan xabar top- gan skiflar S.ga qarshi isyon ko’targan. U Frakiya podshosi Sitalk huzuriga qochib borgan. Skiflar va frakiyaliklar o’rtasidagi urush davrida S. birodari Oktamasadga topshirilgan va qatl etil- gan.