Sklerenxima

Sklerenxima (Yun. Scleros — qattiq, mustahkam va echyma — to’ldirilgan, quyilgan; bu erda — to’qima) — o’simliklarning mexanik to’qimasi. Qalin qobikli yog’ochlangan 2 tipdagi hujayralar: tolalar va sklere- idlardan tuzilgan. Tolalar juda cho’ziq, uz. bir necha o’n mm dan 1 sm (qichitqio’t), hatto 4 sm (Rami)gacha bo’ladi. S.ning yog’ochlanmay tsellyulozaligicha qolgan tolasi to’qimachilik sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. S. tolasi mustahkam va juda tarang. S. mustahkamlik jixatdan po’latdan, qayishqoqlik jihatdan kauchukdan qolishmaydi. Deyarli hamma quruqlik o’simliklarining, asosan, yog’ochi va lubi- da bo’ladi.