Skleroskop

Skleroskop (sklero… va Yunoncha skopeo — qarayapman, kuzatyapman) — metall va boshqa materiallarning qattiqligini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Skleroskopda qattiqligini aniqlash uchun sinaladigan jism sirtiga ma’lum balandlikdan qattiq (olmos) uchligi bo’lgan urgich tushiriladi. Urgichning sakrash balandligiga qarab, qattiqlik aniqlanadi. Skleroskopda qattiqlik urgichning sakrash balandligiga mutanosib bo’lgan shartli birlikda aniqlanadi.