SKLODOVSKAYA-KYURI

SKLODOVSKAYA-KYURI (SklodowskaCurie) Mariya (1867.7.11, Varshava — 1934.4.7, Sanselmo, Pa- Rij yaqinidagi so sh.da dafn etilgan) — frantsuz va polyak fizigi va kimyoga- ri. Radioaktivlik haqidagi ta’limot asoschilaridan biri. Parij tibbiyot akademiyasi a’zosi (1922 y.dan). Polyak o’qituvchisi oilasida tug’ilgan. Parij un-tini tugatgan (1894). 1895 y.da P. Kyurip turmushga chiqqan va industrial fizika va kimyo maktabidagi uning lab. sida ishlagan. 1897 y.dan P. Kyuri b-n birgalikda A.K.Bekkerel ochgan (1896) uran tuzlarining nurlanishi ustida tadkiqotlar olib borgan va bu hodisaga “radioaktivlik” deb nom bergan. P. Kyuri b-n birgalikda poloniy va radiy- ni ochgan (1898). U radiyning metall na- munasini olgan (1910; frantsuz kimyogari A. Debern b-n hamkorlikda) va uning xossasini o’rgangan. Radioaktivlikning o’lchash usullarini ishlab chiqqan. Uning bevosita ishtirokida Parij radiy in- ti va Varshava radiy in-ti tashkil etil- gan (1914). 1923 y.dan S.K. uning faxriy direktori. S.K. 2 marta Nobel muko- Foti laureati (1903, fizika bo’yicha, P. Kyuri va A. Bekkerel b-n xamkorlikda; 1911, kimyo bo’yicha).