Skolioz
Skolioz (Yunoncha skolios — qiyshiq, egri) — umurtqa pog’onasining yon tomonga qiyshayishi. Raxit, qaddi-qomatning noraso bo’lishi, umurtqa pog’onasining shikastlanishi, nerv sistemasining ba’zi kasalliklari sabab bo’ladi. Skolioz ko’krak qafasi shaklining o’zgarishi bukrilikka olib keladi. Kelib chiqishiga ko’ra, tug’ma va orttirilgan Skolioz farq qilinadi.