Slovakiya

Slovakiya (Slovensko), Slovakiya Respublikasi (Slovenska Republika) — Markaziy Evropada joylashgan davlat. Maynd. 49 ming km2. Aholisi 5,4 mln. kishi (2002). Ma’muriy jihatdan 8 o’lkaga bo’linadi. Poytaxti — Bratisla- va sh. Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 1 sent. da qabul qilingan (1999 y. tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshlig’i — Pre- zident (2004 y.dan Ivan Gashparovich), u umumiy teng va to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni bir palatali parlament — Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S. —tog’li mamlakat. Hududining aksariyat qismi G’arbiy kar- pat tog’lari doirasida (Slovakiya rudali tog’lari va b.) joylashgan. Lises sh.dagi Zlati Vrx bazaltli tepaligi tabiat yodgorligidir. Gerlaxovskishtit tog’i (2655 m) — G’arbiy Karpat tog’larining eng baland nuqtasi. Jan. ni O’rta Dunay tekisligining bir kismi egallagan. S.da qo’ng’ir kumir, temir, marganes, polime- Tall rudalari, surma, magnezit konlari bor. Iklimi mo”tadil, kontinental. Te- kisliklarda o’rtacha tra yanvarda —g dan -4°, Karpat tog’ida -10° gacha, iyulda 19— 2G, tog’larda 4° gacha. Yillik yog’in tekisliklarda 450-700 mm, tog’larda 2100 mm gacha. S. daryolari (Dunay va uning irmoklari, Morava, Vag, Gron va b.) gidroenergiyaning muxim manbalari- dir. S. tog’lari o’rmonlar b-n krplangan (mamlakat hududining 1/3 kismi). Jan. qiyaliklarda keng bargli va aralash, shim. qiyaliklarda igna bargli daraxt- lar o’sadi. Tekisliklarda dehqonchilik qilinadi. Hayvonlardan qo’ng’ir ayiq, bo’ri, silovsin, to’ng’iz, quyon, Olmaxon, tipratikan, turli qushlar bor, dare va ko’llarda baliq ko’p. Aholisining ko’pchiligi — slovaklar (87%), shuningdek Venger, Chex, ukrain va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 56,8%. Rasmiy til — slovak tili. Dindorlar- ning aksariyati — xristian (katolik) lar. Yirik shaharlari: Bratislava, ko- shise, Preshov. Tarixi. S. hududida paleolit dav- rida manzilgoxlar bo’lganligi ma’lum. Mil. 3-4-a.larda slavyanlar ko’chib kel- gan va 1ming yillik o’rtalarida etakchi etnik guruh bo’lib qolgan. 7-a.da S ilk slavyan samo davlati tarkibiga, 9-10- a.larda Buyuk Moraviya davlati tarki- biga kirgan. 11-a. o’rtalarida S.ni Ven- gerlar bosib olib, chexmorava va Slovak qabilalari asosida yagona elat hosil bo’lish jarayoniga xalaqit berdilar. 13— 14-a.larda S. nemislar kuliga o’tdi. 16-a. o’rtalarida Sningjan.ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-a. oxirida gab- sburglar monarxiyasi tarkibiga kiri- tildi. 1718-a. boshlarida S.da bir necha bor dehqonlar qo’zg’oloni (1618, 163132, 1648, 1660, 1711), hunarmand va shahar yo’qsillarining norozilik chiqishlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) bo’ldi. S. dehqonlari Rakosi Ferents xarakati- da (1703-11) qatnashdilar. 1848-49 y. Avstriya inqilobi vaqtida S. mil- liy harakati arboblari demokratik o’zgarishlarni amalga oshirishni, Slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib chiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. AV- striya-Vengriya davlati tashkil topishi (1867) b-n Vengriya tarkibida qoldi. 1-jahon urushi yillarida S.da chet el hukmronligiga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 1919 y. 16 iyunda Pre- shovda Slovakiya Sovet Respublikasi e’- lon qilindi, biroq 7 iyulda interventsi- yachi qo’shinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod bo’lgach, S. 1919 y. 30 okt.da Chexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlashuvi natijasida 1918 y. tashkil topgan Chexoslovakiya davlati tar- kibiga kirdi. 1938 y. Myunxen bitimita ko’ra, S.ning Jan. tumanlari Chexoslova- kiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939 y. slovak fashistlari Ger- maniya panohidagi “mustaqil” S davla- ti tashkil etilganini e’lon qildilar. Shu yildan S.da qarshilik ko’rsatish harakati avj oldi. 1944 y.gi S. milliy qo’zg’oloni S.ning 2/3 qismigayoyildi. 1945 y. mayda S. butunlay ozod qilindi. Slovak va Chex erlari Chexoslovakiya re- spublikasi doirasida qayta birlashti- rildi. S. 1948 y. 9 maydan Chexoslovakiya Xalq demokratik Respublikasi, 1960 y. 11 iyuldan Chexoslovakiya sosialistik Respublikasi, 1990 y. 29 martdan Chexos- lovakiya Federativ Respublikasi, 1990 y. 20 apr.dan 1992 y. 31 dek.gacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tar- kibida bo’ldi. 1992 y. 17 iyundagi Dekla- rasiyada respublika suvereniteti e’lon qilindi. S. — 1993 y.dan BMT a’zosi. 1992 y. 24 yanv.da O’zR suverenitetini tan olgan va 1993 i. 1 yanv. dan diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bay- ramlari — 29 avg. — Slovakiya milliy qo’zg’oloni kuni (1944), 1 sent. — Konsti- tusiya kuni (1992). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushma tashkilotlari. Demokratik S. uchun harakat — Xalq partiyasi, 1991 y.da asos solingan; S. demokratik Ittifoqi, 1995 y. tuzilgan; S. dehqonlar partiya- si, 1990 y. tashkil etilgan; S. ishchila- ri birlashmasi, siyosiy partiya sifatida 1994 y. ro’yxatga olingan; so’l demokrat- lar partiyasi, 1991 y. tuzilgan; S. mil- liy partiyasi, 1989 y. asos solingan; Venger xristian demokratik xarakati, 1990 i. tashkil etilgan; S. xristiande- mokratik Ittifoqi partiyasi, 2000 y. ro’yxatga olingan. S. Respublikasi kasa- ba uyushmalari konfederasiyasi, 1990 y. asos solingan. Xo’jaligi. S. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat- ning ulushi 33,4%, q.x.ning ulushi 4,8%, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 61,8%. Sanoatida, asosan, mahalliy mineral xom ashyo (qung’ir kumir, lignit, temir ruda) negizida konchilik va Metallur- giya sanoati rivojlangan. Cho’yan, po’lat va prokatning ko’p qismi Koshisedagi me- tallurgiya k-tida, alyuminiy (chetdan kel- tirilgan boksitdan) Jyarnadgronom- da, mis Krompaxida ishlab chiqariladi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: radiopriemnik, televizor, sovitkich, motosikl, kema, podshipnik, yuk vagon- lari, stanok, elektrotexnika uskunalari va b. ishlab chikariladi. Kime va neft kimyosi sanoati (neft mahsulotlari, mineral o’g’it, plastmassa, sintetik tola va b.) chetdan olingan neft va gaz asosi- da ishlaydi. Yirik o’rmon, yog’ochsozlik, qurilish materiallari sanoati barpo etilgan. To’qimachilik, ko’npoyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Bratislava va ko- shise. Yiliga o’rtacha 24,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Uning ko’pchilik qismini GESlar beradi, Yas- lovskaboguniseda AES bor. Qishloq xo’jaligi ning asosiy tarmog’i — deqqonchilik. Bug’doy, makkajo’xori, arpa, qand lavlagi, moy- li ekinlar va b. ekiladi. Bog’dorchilik va tokchilik rivojlangan. Go’shtsut, go’shtjun chorvachiligiga asosiy e’tibor beriladi (cho’chqa, quy, qoramol, parranda boqiladi). T.y. uzunligi 3,7 ming km, avtomobil yo’llari uz. 17,9 ming km. Dunayda kema qatnaydi. Daryo portlari: Bratislava, Komarno. Chetga mashina va uskuna, NEF- tni qayta ishlash, kimyo va yog’ochsozlik, q.x. maxsulotlari va b. sotadi. Chetdan neft va tabiiy gaz, oziq-ovqat, mashi- na va uskunalar oladi. Chexiya, Germaniya, Rossiya va b. b-n savdo qiladi. Pul birli- gi — Slovakiya kronasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Maorifi boshlang’ich va o’rta maktab ta’limidan iborat. 614 yoshdagi bolalar uchun majburiy ta’- lim joriy etilgan. Kasb ta’limi o’rta hunartexnika maktablarida berila- Di. 14 oliy o’quv yurti bor. Yiriklari: Bratislava universiteti, Slovakiya oliy texnika maktabi, Oliy iqtisodiy maktab, konservatoriya — hammasi Bra- tislavada; P. Shafarik nomidagi un-t, Oliy veterinariya maktabi, Oliy tex- Nika maktabi — Koshiseda; Oliy trans- port maktabi — jilinda va b. Asosiy ilmiy muassasasi — Slovakiya FA. Bra- tislavada virusologiya inti, payvand- lash va ped. ilmiytadqiqot intlari va b., Jilinda gidrologiya i.t. markazi va geol. Mahkamasi, Martinda S. matisasi (madaniy-ma’rifiy markazi) bor. Yirik kutubxonalari: S. matisasi kutubxona- si (1863), Bratislavadagi un-t kutubxo- nasi (1919), Koshisedagi Davlat ilmiy kutubxonasi (1657) va b. Asosiy muzey- lari: Bratislava va Martindagi S. mil- liy muzeylari, Koshisedagi Sharqiy S. muzeyi, Banskabistrisadagi S. milliy qo’zg’oloni muzeyi va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: “Pravda” (“haqiqat”, slovak tilida chiqadigan mustaqil kundalik gaz., 1920 y.dan), “Glas lyudu” (“xatq ovozi”, slo- vak tilida chiqadigan kundalik gaz., 1954 y.dan), “Narodna obroda” (“Milliy ti- klanish”, slovak tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1990 y.dan), “Rolniske novi- ni” (“dehqonlar gazetasi”, slovak tili- da chikadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), “Smena” (“o’rinbosar”, slovak tilida chiqadigan kundalik yoshlar gaz., 1948 y.dan), “uy so” (“yangi so’z”, Venger tili- da chiqadigan kundalik gaz., 1948 y.dan), “Beseda” (“gurung”, slovak tilida chiqadigan haftanoma, 1990 y.dan), “ve- Cher” (“oqshom”, slovak tilida chiqadigan kechki gaz., 1990 y.dan). S. Respublikasi telegraf agentligi, axborot Mahkamasi, 1992 y. tuzilgan. S. radiosi 1926 y.dan, televideniesi 1956 y.dan ishlaydi. Adabiyoti. S. yozuvining paydo bo’lishi akauka Kirill va Mefodiylar- ning Buyuk Moraviya davlati hududidagi faoliyati b-n bogliq (9-a.ning 2-yarmi). Qad. adabiyot insonparvarlik va ozodlik ruxi b-n sug’orilgan. 17— 18-a.lardaya. Vavrines, M. Rakovskiy, Sh. Pilarik va G. Gavlovich kabi yozuvchilar ijod qildi. Milliy uyg’onish boshlanishi b-n ma’- rifatparvarlik adabiyoti rivojlandi (18-a. oxiri — 19-a. boshlari). Yozuvchi Y. Bayza, Yu. Fandli, filolog A. Ber- nolak bu davrning tanikli vakillari- dir. B. Tablis va ya. Golliy she’riyati- da, ya. Xalulka dramaturgiyasida, P. Y. Shafarik va ya. Kollar adabiyilmiy faoliyatida slavyanlar birligi ifoda- langan. 19-a. 40—70y.larida milliy ozodlik harakatining g’oyaviy rahbari L. Shtur boshliq inqilobiy romantiklar- ning ijodida vatanparvarlik g’oyalari folklor an’analari usulida targ’ib qilindi. Y. Zaborskiy Nasri va drama- turgiyasida, P. Gvezdoslav, S. Vayanskiy, M. Kukuchin nazmi va nasrida realizm US- lubi qiyomiga etkazildi. 20-a. boshlarida slovak moderni deb atalgan adabiy guruh (I. Krasko, V. Roy, I. Gall) shakllanib, realizm, modernizm, simvolizm ijo- diy printsiplarini umumlashtirdi. F. Kral, L. Ondreyov, Ya. Esenskiy Nasri, Ya. Ponichan nazmi tanqidiy realizmning yuksak namunalaridir. 2-jahon urushi- dan keyin xalqning fashizmga qarshi kurashi tarixi va yangi hayot qurilishi muammolari adabiyotning etakchi mavzui bo’ldi. F. Gechko, R. Yashik, A. Bednar, K. Lazareva, V. Minach romanlari, A. Plav- ka, P. Gorov, V. Migalik, Ya. Kostra she’- rlari 20-a.ning 2-yarmidagi eng mashhur asarlardir. Me’morligi va tasviriy san’ati. S. hududida qad. Rim imoratlarining krldiklari saqlanib qolgan. Diniy in- shootlar va roman uslubidagi qasrlar (Nitradagi 1200 y.ga oid avliyo Emeram bazilikasi, 12-a.ga oid Skalisadagi 2 yarusli kapellarotonda, 1228 y.ga oid Dyakovsa, 12-a.ga oid Drajovsa cherkov- lari, 12-a.ga oid Oravskiy qasri va b.) slovak me’morligining dastlabki obi- dalaridir. 14— 15-a.larda gotika uslubi urf bo’ldi (Koshisedagi kafedral sobor, 1382— 1499; Bratislavadagi soborlar, 14-15-a.lar va b.). 16-a.da Uyg’onish dav- ri me’morligi tarkala boshladi (Ban- skabistrisadagi ratusha, 1510; Preshov, Levoch, Bardeyov va b. joylardagi uyjoy binolari). 17-18-a.larda barokko uslu- bi, ayniqsa, sezilarli iz krldirdi. Bra- tislavadagi troisa cherkovi (1717-35), ilk klassisizm nishonalari bo’lgan Bosh saroy (1778-81, me’mor M. Gefele), Koshisedagi ratusha (1756) shu jumlaga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida zamindorlarning hovlijoylari, shahar va qishloqlar qurilishida klassisizm, 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida modern uslubi ustun bo’ldi. Turar joylar va cherkovlar yog’och, tosh va pishik, g’ishtdan qurildi. 20-a.ning 2-yarmi qurilishida zamonaviy materiallardan foydalanil- Di (Bratislavadagi Oliy texnika MAK- tabi binosi, Dunay ustidagi ko’prik, “Kiev” mehmonxonasi va b.). S. hududida ibtidoiy san’at yod- gorliklari (paleolit davriga xos ayollar haykalchalari, neolit sopo- li, frakiy, skif, kelt, qad. Slavyan va b. qabilalardan qolgan buyumlar) saqlangan. 4-a.ga oid qabrlardan jez anjomlar, oltin va kumush buyumlar to – pilgan. 14-15-a.lar rang-tasvir asarla- ri (Spishskakapituldagi avliyo Martin cherkovi, 1317) diqqatga sazovor. 16-a. boshlarida Uyg’onish davri, 17-a.da ba- Rokko san’ati rivojlandi. 19-20-a. larda y. Chausig, K. Libay, V. Klimkovich, Y. Ganula, L. Chordak, F. Uprka, M. Benka, O. Dubay kabi rassom va haykaltaroshlar ijod qildilar. Zamonaviy tasviriy san’at ustalari orasida V. Glubuchek, Ya. Kulix, Y. Kuzma, Ya. Yanoshka va b.larni ko’rsatish mumkin. Musiqasi. S. xalq musiqa ijodiyoti janrlarga boy. Ular orasida epik, sevgi, diniy va marosim qo’shiqlari, ballada- lari uchraydi. Ko’shiqlar bir ovozli, 4 va 5 tovushkatorli diatonikaga asoslangan. Frishka va odzemok raqslari mashhur. Cholg’u asboblari — fuyara, cho’pon Nayla- ri, gayda va b. 9-10-a.larda professi- onal musikaning ilk shakllari (cherkov aytimlari),15-a.dan ko’p ovozli musiqa paydo bo’ldi. Milliy kompozitorlik maktabining asoschisi ya.L. Bella “Tak- dir va ideal” simfonik poemasi (1878), “Temirchi Viland” operasi (1890)ni yaratdi. 20-a. boshlarida turli opera va xor jamoalari tuzildi. 1919 y. tashkil etilgan musika maktabi 1928 y. Musiqa va drama akademiyasiga, 1941 y. konser- vatoriyaga aylantirildi. Bratislavada slovak kamer orkestri (1960), Oliy na- fis san’at maktabi (1949) tashkil top- Di. Kompozitorlar E. Suxon, A. Moy- zes, dirijyorlar L.Slovak, L. Rayter, pianinochilar M. Karin, K Gavlikova, P. Toperser, skripkachilar A. Moji, T. Gashparek, xonandalar yu. Martvon, E. Kitnarova, G. Benyachkova mashhur. Teatri. 12-a.da yokulyator deb ata- ladigan xalq akterlari tomoshalar ko’rsatishgan. 15-16-a.larda Brezno, Banskashtyavnisa va b. joylarda MAK- Tab dramasi paydo bo’ldi. 17-18-a.larda xalq teatri tashkil topib, unda diniy mavzudagi pesalar qo’yildi. S.da Pro- fessional teatr san’atining vujud- ga kelishida havaskorlik to’garaklari muhim rol o’ynadi. 19-a.ning 1-yarmida havaskorlarning drama to’garalari tuzi- la boshladi, ular u. Shekspir, F. Shiller, N. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 1890 y. Martinda qurilgan Milliy uy sahnasida mahalliy mualliflardan ya. Xalupka, Ya. Palarik, P. Gvezdoslav, Y. Tayovskiy pesalari qo’yildi. 1920 y. Bratislavada birinchi slovak profes- sional teatri barpo etildi. 20-a.ning 2-yarmida Bratislava, Jilin, Koshise, Banskabistrisa, Preshovda yangi teat- rlar ishlay boshladi. Y. Budskiy, I. Lixard, T. Rakovskiy kabi rej.lar, M. Kralovichova, K. Maxata, Yu. Pantik, M. Gregor kabi aktyorlar mashhur. Teatr kad- rlari Bratislavadagi Oliy teatr makta- bida tayyorlanadi. O’zbekiston — S. munosabatlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997 y. yanv.da S.ga qilgan tashrifi chog’ida imzolangan ikki tomon- Lama hujjatlar O’zR bilan S.ning o’zaro hamkorligi uchun huquqiy asos yaratdi. Bu hujjatlar orasida o’zaro munosabat va hamkorlik asoslari to’g’risidagi shar- tnoma, sarmoyalarni o’zaro qimoyalash va rag’batlantirish hamda savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik haqidagi bitim alohida o’rin oladi. Keyingi yil- larda O’zbekiston — S. munosabatlari hukumatlar, parlamentlar, ekspertlar, tadbirkorlar darajasida rivojlanib keldi. O’zbekiston — S. hukumatlararo qo’shma komissiyasi ishlay boshladi. Ana shularning natijasi o’laroq ikki tomon- Lama tovar aylanmasi 2002 y. 8,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2003 y. martda S. Prezidenti R. Shusterning O’zbekistonga tashrifi natijasida imzolangan ikki tomonlama soliq so- lish va mulkdan keladigan daromaddan soliqto’lashdan bosh tortishning oldini olish to’g’risidagi bitim, O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy ban- ki bilan S. “Eksibank”i o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum ikki mamlakatning o’zaro munosabatla- ri ni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.