SMIT ADAM
SMIT ADAM – (1723-1790) shotlandiyalik iqtisodchi olim, o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” 1776-yil) asari uchun “Iqtisodiyot nazariyasi otasi” unvoniga sazovor bo’Igan. U izchillik bilan mehnat qiymat nazariyasini rivojlantirgan. Ish haqi, foyda, narx, renta, pul, kapital, soliq solish, davlat moliyasi kabi iqtisodiy tushuncha va hodisalarni tahlil etgan. Uning eng kata xizmatlaridan biri bozor ta’limotidir. Ushbu ta’limotning markaziy g’oyasi bozor o’zini-o’zi tartibga solish mexanizmiga (ko’zga ko’rinmas qo’l) ega, shuning uchun iqtisodiyot davlatdan xolis qilinsa, yaxshiroq amal qiladi. Uning fikricha, mehnat taqsimoti va hamma iqtisodiy agentlar faoliyatida absolut erkinlikni ta’minlash bozorning mavjud bo’lishi va harakat qilishining asosini tashkil etadi.