Smog nimasi bilan xavfli?
Ona tilimizda har xil zaharlarga to’yingan havo deb tavsiflashimiz mumkin bo’lgan smog — bu, yirik sanoat shaharlarining balosi. U tutun, tuman va changdan tarkib topgan za’faronkulrang qatlam ko’rinishida zararli moddalarning katta miqdorlarda atmosferaga chiqarilish oqibatidek sanoati o’ta rivojlangan megapolislar-yirik shaharlar ustida aylanib yuradi va jamiki tirik jonzotlarni bo’g’a boshlaydi. Yo’llardagi ko’rinishni ham ancha-muncha xiralashtirib tashlaydi. “Smog” termini inglizcha “smouk” — tutun va “Fog” —tuman o’zlarining quramasidan vujudga kelgan. Bu judayam aniq nomlanishdir, chunki hodisaning tabiatini to’la-to’kis tavsiflaydi. Havoda namchil tomchilar, suv bug’lari va tutundan vujudga kelgan “cho’girma” ho’rpayib turadi — bu, ham avtomobillarning ishlangan gazlari, ham quyma ishlab chiqarishning mo’rilari orqali chiqarilgan kuyindi mahsulotlar, ham son-sanoqsiz qozonxonalar va issiqlik stantsiyalarining gazsimon chiqitlari. Quyosh ta’sirida ultrabinafsha nurlanish smog komponentlari-tarkibotlarini bir biri bilan reaktsiga kirishishga majbur hiladi. Oqibatda nafas olish a’zolari xastaliklarini keltirib chiqaruvchi modda hosil bo’ladi. Kutilmaganda odamlarni yo’tal tutib qoladi, tomoqda sanchiq qo’zg’aladi, ko’zlardan o’z-o’zidan yosh quyilib kelaveradi. Smogning zaharli birikmalari o’simliklarda xlorofill faoliyatini to’xtatadi. Aynan shuning uchun ham yirik shaharlardagi daraxtlar go’yo quti o’chgandek, za’faron tortgandek tuyuladi. Ular bor-yo’gi — xastalangan. Shaharlar atroflaridagi qishloq xo’jaligi ekinlari ham zarardan chetda qolmaydi. Smogdan zaharlanganidan keyin ular baravj rivojlana olmaydilar. Smog shamolsiz-turgun havoda, uni biror narsa tarqata olmaydigan paytda nihoyatda xavflidir. Turg’un smog yirik va iliq suv havzalari yaqinida joylashgan shaharlarga xosdir. Ulardan surilayotgan qizigan havo salqin yerusti qatlamini qoplab oladi-da, smog qatlamining tarqalishiga yo’l qo’ymaydi. Shifokorlar buningdek kunlarda ko’chaga chiqmaslikni tavsiya qiladilar, chiqishga majburlarga esa nafas olish niqoblaridan foydalanishni maslahat berishadi. Biroq xasta kishilarga bu narsa ko’pam yordam beravermaydi. Yodingizda bo’lsin, 1962 yilda London smogi 2 ming shaharlikni narigi dunyoga jo’natgan edi!