Soatov Tal’at Soatovich

Soatov Tal’at Soatovich (1940L5.2, Toshkent) — biokimyogar olim. O’zbekiston FA akad. (2000). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1996). Biologiya fanlari D-ri (1974), prof. (1984). ToshTIni tugatgan (1962). O’zbekiston o’lka tibbiyot in-tida aspirant (1962-65), kichik ilmiy xodim (196667), O’zbekiston FA biokimyo in- tida katta ilmiy xodim (1967— 75), lab. mudiri (1975 y. dan), direktor (1979 y. dan). Asosiy ilmiy ishlari qalqonsimon bez proteinlari, membrana lipidlari biokimyosi, shuningdek, liposomalar, ularning hujayra b-n o’zaro ta’sirini o’rganishga oid. S. qalqonsimon bez tar- kibidan yod saklovchi tireoglobulin va tireoalbumin oqsillarini sof hodda ajratib oldi, ularning tarkibi, Fi- zikkimyoviy xossalarini o’rgandi, buqoq paydo bo’lishining genetik nosozliklar b-n bog’likligi haqidagi gipotezani ilgari surdi, organizmning insulinga sezgirligini aniklash usulini ishlab chiqdi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). As: Yodproteini tshitovidnoy jele- zi (v soavtorstve), T., 1974; Tsiklicheskie nukleotidi i regulyasiya kletochnogo me- tabolizma (v soavtorstve), T., 1983; Bio- sintez va Funktsionalnaya rol lipopro- teidov krovi (v soavtorstve), T., 1987.