Soatqulov Dadaali
Soatqulov Dadaali (1917, Pop tumani — 1985, Toshkent) — kompozi- tor, sozanda (nay), musiqa jamoat ar- bobi. O’zbekiston xalq artisti (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1953). Otasidan nay chalishni o’rgangan. To’ychi Hofiz, Yunus va rizqi Rajabiy, I. Ikromovlardan o’zbek musiqa merosini o’zlashtirgan. CHuet — Pop tumanlararo k-z — s-z teatrida (1930— 33), Qo’qon te- atrida sozanda, musiqa rahbari (1934— 40). O’zbekiston radiosi xalq cholg’ulari orkestrida sozanda, dirijyor va bosh dirijyor (1940— 1953). O’zbek davlat filarmoniyasida direktor va badiiy rahbar (1953-59, 1960-63, 1969-70), O’zbek radiosida badiiy rahbar (1959— 60), bosh muharrir (1971-72), Muqimiy teatrida direktor (1963-69). Ijo- dida o’zbek musika merosi (Farg’ona yo’llari)ga tayangan. “Zarafshon qizi” (1960, yangi taxriri, 1963), “Guli siyoh” (1964), “Mahtumquli” (1966, B. Gienko b-n hamkorlikda), “Farg’ona tong otgun- cha” (1967), “Oshiklar” (1973), “Yusuf va Zulayho” (1979) kabi musiqali drama- lar, “paxtakorlar —tinchlik uchun” Kan- tatasi (1953-54), nay va xalq, cholg’ulari orkestri uchun “Cho’li Iroq” poemasi (1950), “sayilga yurish” kabi syuita- lar, “Farg’onacha kvartet”, qo’shiqlar (“Mohigul”, “cho’pon qiz”) va romanslar (“Ayladi”, “Zebosidan”, “ko’k chashma- si”, “Navbahor”, “gul boqqa”, “Guli- stonim mening”) yaratgan, shuningdek, “Stadionda uchrashamiz” (g. Mushel b-n hamkorlikda) kabi kinofilm va radio- postanovkalarga musiqa yozgan.