Sochi

Sochi — RF Krasnodar o’lkasidagi shahar (1896 y.dan). Qora dengiz sohilidagi port. T.y. stantsiyasi. Aholisi 359,6 ming kishi (1998). S. dengiz sohili bo’ylab Shepsi daryosidan Psou daryosiga- cha 150 km ga cho’zilgan (1961 y. chegarasi doirasida) va Adler, xosta, Marka- ziy, Lazarevsk tumanlarini va Magri, Makopse, Ashe, Lazarevsk, Golovinka, Loo, Dagomis, Mamayka, Xosta, Kudep- sta, Adler va Krasnaya Polyana kurort shaharchalarini o’z ichiga oladi. Yirik aeroport (Adler) bor. Butun soxil ku- rort zonasiga aylantirilgan: RFning eng yirik dengiz bo’yi balneologik va iqlim kurortlaridan biri. Iklimi nam subtropik iqlim (yanv.ning o’rtacha t-rasi 6°, iyulniki 25°, 28°. Iillik yog’in 1400 mm. Yilning eng yaxshi davri — sent. Va okt. Masestaning vodorod sulfidna- triy xloridli suvlari ayniqsa mashhur. S.da 50 sanatoriy, 82 dam olish uyi, 10 turistik baza va kempinglar, 3 turi- stik lager bor. Kurortlar ehtiyojini qondirishga ixtisoslashgan 40 sanoat korxonasi (go’sht, sut, mevakonserva, non va b.) mavjud S.da Krasnodar politexni- ka in-tining umumtexnika FTI, Kurorto- logiya va fizioterapiya, tog’bog’dorchilik va gulchiligi ilmiy tadqiqot intlari, i.t. o’rmon tajribasi st-yasi, 4 muzey (shu jumladan, N.A.Ostrovskiy nomidagi adabiymemorial muzey, o’lkashunoslik muzeyi va b.), teatr, dendrariy, tsirk, tisssamshit o’rmonzorlar qo’riqxonasi bor. Shaharga 1838 y.da asos solingan. Kurort sifatida 1902 y.dan rivojlana boshladi.