So’fi, so’fiy

So’fi, so’fiy (taxallusi; asl ism- sharifi Ilyos Mulla Muhammad o’g’li) (1860, Gurlan tumani — 1918, Xiva) — shoir, demokratik yo’nalishdagi adabiyot vakili. Muhammad Aminxon madrasasi hamda Buxoro madrasasida o’qigan. Mod- diy qiyinchiliklarga qaramay 40 yoshlari- da madrasani tugatgan. Lekin biror kasb egasi bo’la olmagan. Umrining oxirigacha Madrasa qujralaridan birida yashagan. Talabalik davridayoq shoir sifatida ta- nilgan. Hayotining ko’p qismi sayohatda o’tgan, Urganch, Toshhovuz, Mang’it, Xo’jayli, Qo’ng’irot, Shovot, Hazorasp va b. joylarda bo’lgan. Xalq hayotini o’rgangan; g’azallarini yig’inlarda o’qib berib, omma orasida mashhur bo’lgan. Mumtoz shoirlar g’azallariga Nazira- lar bitgan, Munisga ergashgan, unga mu- xammaslar bog’lagan. G’azallarida erkin muhabbat, sadoqat, mehru vafoni kuy- lagan, ma’rifatni, adolatni ulug’lagan (“Ustoz”, “Mudarris”, “Dars”, “Hayf” va b.). Asarlarida tasavvufiyfalsa- fiy va ma’rifiyaxloqiy qarashlar uyg’unlashib ketgan. She’rlarida badiiy san’atlardan keng foydalangan. S.ning 6000 misrali devoni saqlangan.