So’fito’rg’ay
So’fito’rg’ay (Galerida cristata) chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Tanasining uzunligi 180-190 millimetr, vazni 45 grammgacha. Boshida patlardan iborat “kokil”i bo’ladi. Yerda yaxshi yuguradi. Patlari qo’ng’irkulrang, usti qoramtir dog’li, qorni esa sarg’ishoq, tomoq va ko’kragida qo’ng’ir xolla ri bor. G’arbiy va Markaziy Yevropa, Osiyo va shimoliy Afrikada tarqalgan. Uyasini yerdagi pana joylarga quradi. 3-4 ta tuxum qo’yadi. Modasi uni 12— 13 kun bosadi. Bolalari 9-10 kundan keyin uyani tashlab ketadi. So’fito’rg’ay hasharotlar, o’simlik qismlari va urug’lari bilan oziqlanadi. O’zbekistonda o’troq yashaydi.