Sog’arj, Sog’arch

Sog’arj, Sog’arch — o’rta asrlar- da Movarounnahrdagi viloyat va katta qishloq. Samarqanddan shim. g’arbda, 5 farsax masofada (Ishtixon yonida) joy- lashgan. S. qishlog’i nomi ilk bor 9-10- a.lardagi Arab geograflari asarlarida uchraydi. Yoqut Hamaviy S.ni Ishtixon sh.ga tobe bo’lganini yozgan. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”sida yozili- shicha, S. qo’shin to’planadigan qarorgoh bo’lgan. Xususan, Amir Temur To’xtamish bilan bo’ladigan urushdan oldin S.da lashkar to’plagan. 15-17-a.lardagi vaqf xujjatlarida S. kayd etilgan. 1557 y. Nasaf viloyati hokimi Xudoyberdi sul- tonga S. viloyati Abdullaxon II tomo- nidan suyurg’ol qilib berilgan, Nasaf esa, Ibodullo sultonga topshirilgan. 1605 y. Boqi Muhammad 14 yoshli Nadr Muhammadxonga S. viloyatini iqto tar- zida in’om etgan. Taxt uchun kurashda yor- dami uchun 1611 y.da Imomqulixon S.ni qozoqxonlaridan Ishimxonning o’g’li Jonibek sultonga bergan. Mang’itlar (1753— 1920) hukmronligi davrida S. Dushanba qo’rg’on deb atalgan. Mahmud ibn Vali S.ni obod qishloq deb yozgan, 19-a.da ham obod joy deb tilga olingan. Sdan bir qancha ulamolar chiqqan (mas, xa- lifa Umar ibn Xattob naslidan bo’lgan yirik ulamolardan Shayx Burhoniddin Sog’arjiy, 12-a.). Hoz. S. xarobala- ri Oqdaryo tumanidagi Yangiqo’rg’on qishlog’idan 4 km narida saqlangan. Manba: Nizomiddin Shomiy, Zafar- noma, T., 1996; Hofiz Tanish AlBuxoriy, Abdullanoma, T., 1999.