Sogdianit

Sogdianit (Sug’diyona nomi bilan atalgan) — mineral. Ilk bor Pomirda topilgan. Kimyoviy formulasi (Zr08Ti02) [Si2O5]6. Tsirkonning tarkibida litii bo’lgan yagona silikat. Geksogonal Singoniyada kristallanadi. Agregatlari plastinkasimon. Binafsha rang; shishadek yaltiroq. Qattiqligi 7; zichligi 2,9 g/ sm3. Evdialit, tojikit bilan birga topilgan. Ishqorli granit pegmatitlarida uchraydi.