Solg’uriylar

Solg’uriylar – Fors (Eron) dagi solg’uriy Otabeklar sulolasi (1148— 1270). S. turkmanlarga mansub bo’lib, Solg’ur (yoxud solur) qabilasi saljuqiylarnchnt g’arbga yurishi chog’ida Forsga kelib o’rnashgan. S. sulolasi asos- chisi Sonqur Jan. Erondagi mavqeini mustahkamlash uchun saljuqiylarning o’zaro ichki nizolaridan ustalik bi- lan foydalangan va Fors viloyatida mustahkam o’rnashib olgan (1148-61). Sa’d ibn Zangi davri (1203-31)da viloyat ma’lum darajada yuksalgan bo’lsada, so’ng Xorazmshohlar vassaliga aylangan, nikoh munosabatlari bilan ittifoqchilik mustahkamlangan. Sa’- Dning vorisi va o’g’li Abu Bakr davri (1231-60)da Fors mo’g’ul xonlaridan O’qtoyxon, so’ngra Hulokunkng vassal bo’lgan. Abu Bakr mo’g’ullardan Qutlug’xon unvonini olgan. Uning nabirasi Mali- ka Abash xotun (1265 — 70) Hulokuning o’g’li mangu Temurga turmushga chiqqach, S.ga qarashli hududlar mo’g’ullar izmiga o’tgan. Shoir Sadiy Otabek Abu Bakr sa- royida yashagan.