Solihov Enmark Shokirovich
Solihov Enmark Shokirovich (1934.12.9, Samarqand) — kompozitor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1984). Toshkent konser- vatoriyasini tugatgan (1963). O’zbekiston televidenie va radioeshittirish qo’mitasi estrada-simfonik orkestrida (1964-65) va “O’zbekkontsert” (1973— 76)da badiiy rahbar. O’zbekiston konser- vatoriyasida pedagog (1968-73), dosent (1996 y.dan) va estrada ijrochiligi ka- fedrasi mudiri (1996-98), O’zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1975— 82), O’zbekiston musiqa jamiyati tashki- lotchisi va raisi (1987 -91). Ijodida ommabop musiqa janrlariga alohida ahamiyat bergan. “Qiz bola”, “Qaydasan”, “Sog’indi jon”, “Bahor ohanglari”, “Sevgi bahori” kabi estrada qo’shiklari, “Xo’ja Nasriddin” operettasi, “Oygul parining sovg’alari”, “Mo”jizali do- ira” myuzikllari, “Qalbingda quyosh”, “Nomerga 100 satr”, “Marg’iyona”, “Yana o’sha Nasriddin” va b. badiiy va hujjatli filmlarga musiqalar yozgan. Shuningdek, “otashin qo’shiq” baleti, simfonik kontsert va kamer asarlar mu- allifi.