Solijonov Qosim
Solijonov Qosim (1936.6.12, Konimex tumani) — bezovchi rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Benkov nomidagi Respu- blika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1962). “Toshshaharreklama” k-tida bez- ovchi rassom (1962— 64), “rassom” k-tida (1964-69), Toshkent shahar obodonchilik bosh boshqarmasida (1969-71) bosh ras- som. S. Toshkent sh. bosh rassomi sifa- tida Sirg’ali, Hamza va b. tumanlarni bezagan; Turkiya, Suriya, Bolgariya, Tunis, Marokko va b. mamlakatlarda uyushtiril- gan xalqaro yarmarkalarda O’zbekiston pavilonini bezashda ishtirok etgan, “Mustaqillik”, “Navro’z” va b. bayram- larni badiiy siyosiy ruhda bayramona bezashda faol qatnashadi.