SOLIQ IMTIYOZI

SOLIQ IMTIYOZI – soliq to’lovchi soliq majburiyatlari hajmining to’liq yoki qisman qisqarishi, to’lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. Soliqlarning rag’batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o’zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda o’z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan obyekt minimumi, alohida shaxslar va soliq to’lovchilarning ayrim toifalarini soliq to’ lashdan ozo d qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari, soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar soliq imtiyozlarining ko’rinishlari (turlari) dir. Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq bo’yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va pensionerlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-madaniy va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag’batlantirishga qaratilgandir. Individual xarakterga ega bo’lgan soliq imtiyozlarini berish, odatda, ta’qiqlanishi kerak.