Soljenisin Aleksandr Isaevich

Soljenisin Aleksandr Isaevich (1918.11.12, Shimoliy Kavkaz, Kislovodsk sh.) — rus yozuvchisi, drama- turg va shoir. Rostov un-tini tugatgan. 2-jahon urushida artilleriyada xizmat qilgan. 1945 y. Fev.dan aksilsho’roviy tashviqotda ayblanib hibsga olin- gan, 8 y. qamoqqa va undan keyin Si- bir surguniga hukm qilingan. Moskva, Marfino, tZ Qozog’istonning siyosiy mahbuslar qamoqxonalarida saqlangan. Stalin vafotidan so’ng — 1953 y. 5 martda kamoqdan chikkan. Mahbusligida oshqozon saratoni kasalligiga uchragan S. Toshkentga kelib, gospitalda nur muola- jasida sog’aygan. 1956 y. gacha Sibirning turli shaharlarida yurib, o’qituvchilik qilgan, oklangach, Ryazanga o’rnashgan. “Ivan Denisovichning bir kuni” qissasi qamoqda o’tirgan kishining bir kuni haqida hikoya qiladi. Asar sovet ada- biyotida katta voqea bo’lgan. Ammo ko’p o’tmay S. yana ta’qibga olingan, asarlari qatag’on qilingan. Shunga qaramay, 1968 y. S.ning chet elda “birinchi aylanada”, “Saraton kasalliklari bo’limi” roman- lari bosilgan. Ushbu romanlardan so’ng S.ni ta’qib qilish yana ham kuchaygan. Chet elda bosilgan ikkala roman Avto- biografik xarakterga ega bo’lib, birin- chisi Marfinodagi qamoqxona, u erdagi in-t haqida, ikkinchisi — o’zi saraton- dan davolangan Toshkent kasalxonasida kechgan voqealarga bag’ishlangan. Tar- jimai holi asosidagi “buzoqcha bolut b-n suzishadi” (197591) asarida 196070 y.lar boshida SSSRda uning asarlari nashr etilishi b-n bog’liq mojarolar tasvirlangan. 1973 y. davlat xavfsizlik komiteti tomonidan “GULAG arxipe- lagi” asarining qo’lyozmalari musodara qilingan. Yozuvchi asarni qayta tiklab, Parijda chop ettirgan (1973). 2 oydan so’ng S. qamoqqa olingan, davlatga xiyo- natda ayblanib, SSSR dan chiqarib yubo- rilgan. S 1976-94 y.larda AQShning Vermont shtatida yashagan. Rossiyaga 1994 y. qaytib kelgan. Nobel mukofoti Lau- reati (1970). As: arxipelag GULAG, M., 1973.