Solt-Leyk-Siti

Solt-Leyk-Siti – AQShning g’arbiy qismidagi shahar, Jordan da- ryosi bo’yida, uning katta sho’r ko’lga quyilish erida joylashgan. Yuta shta- tining ma’muriy markazi. Aholisi 181,7 ming kishi (2000). Transport yo’llarining yirik tuguni. Aeropor- ti xalqaro ahamiyatga ega. Tog’li shtat- larning muxim sanoat va savdomoliya markazlaridan. Konchilik va rangli metallurgiya (mis eritish) sanoatlari rivojlangan. AQShning harbiy raketa- sozlik markazlaridan. Radioelektroni- ka, xususan, EHM, aloqa vositalari va harbiy maqsadlar uchun turli jihozlar, nazorato’lchov priborlari, aviasiya va AV- tomobil detallari, tibbiyot asboblari, konchilik va metallurgiya sanoati uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Kimyo, NEF- tni qayta ishlash, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, un-t bor. Shaharga 1847 y.da asos solingan. S.da 2002 y.da qishki 19-Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.