Sopol

Sopol — maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va to’zg’oq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadi- gan mag’sulot; kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda — ko’lda hamda kulollik char- XI yordamida shaklga solib yasaladi, so’ng gulxan (xumdon)da qizdirib S. tayyorla- nadi. Ro’zg’orda (piyola, kosa, lagan, ko’za, oftoba, xum va b.), me’morlik (koshin, Sopolak, parchin va b.) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va b.)da S. buyumlari keng qo’llanadi; bolalar o’yinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) xam shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab S.ning rangi turlicha (och sariq, qizg’ish, kulrang va b.) bo’ladi. Angob (Loya)ga chay- ib olingan S. soyada quritilib, yana xum- donda pishiriladi. Sta bezak ishlash ham turlicha: bo’rtma, o’yma naqshlar uning ho’lligida, qirma gullar S. angobga chay- ib olingandan so’ng ishlanadi; xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana bir bor xumdon- da qizdiriladi. S. buyumlar 2 xil — sir- langan S. hamda sirlanmagan S. (terrako- ta)ga bo’linadi. S. neolit davridan ma’- lum bo’lib, sirlanmagan S. kadimiydir. Sirlangan S. buyumlar ishlab chiqarish. O’rta Osiyoda 10-12-a.lardan yuksak taraqqiy etdi. O’zbekiston hududida S. buyumlar ishlab chiqarish. keng yo’lga qo’yilgan; S. buyumlarni bezatilishi jihatidan birbiridan farqlanuvchi ku- lollik maktablari shakllangan (yana q. Keramika).