Soprano

Soprano (ital. sopra — yuqorida so’zidan) — 1) xonandaning eng yuqori ovozi. Diapazoni birinchi oktava “do” dan uchinchi oktava “do” — “mi” gacha (ayollarda), ikkinchi oktava “lya”gacha (bo- lalarda). S. boshqa ovozlardan “bosh” registr ustunligi bilan farqlanadi. Kuchli tovushdagi dramatik (Puchchini- ning “Turandot” operasidagi Turandot partiyasi), yumshoq tembrli lirik (Gu- noning “Faust”idagi Margarita), ko- loraturali S. kabi turlarga bo’linadi; 2) xordagi eng yuqori ovozli partiya; 3) ba’zi sozlarning yuqori registrli turi (mas, S.li saksofon).