Sorbtsiya

Sorbtsiya (lot. sorbeo — yutaman) — gaz, bug’va erigan moddalarning kat- tik, jism yoki suyuqlikda yutilishi. Yutuvchi jismlar sorbentlar, yutiluvchi modda sorbat (yoki sorbtiv) deyiladi. S.ning quyidagi turlari bor: adsorb- tsiya, absorbtsiya, xemosorbtsiya va Kapil- lyar kondensasiya — yutuvchi moddaning g’ovak va kapillyarlarida suyuq faza hosil bo’lishi. S. — ko’pgina tabiiy ja- rayonlarning asosiy tarkibiy qismi; u kimyoda keng qo’llanadi. Muhim sorbent- larga faollangan kumir, silikogel, Tse- olitlar, smektit, navbaxtit va b. kiradi.