SORMAIT

SORMAIT — asosini temir tash- kil qiladigan qattiq qotishmalarning umumiy nomi. S. 20-a. 30y.larida sor- Movo z-Di (Rossiya)da ishlab chiqilgan (nomi shundan). Qattiq S.da 25-3 xrom (Sg), 2,5—3,5% uglerod (S), 3— 5% nikel (Ni), 4,5% marganes (Mp), 2,8—4,2% kremniy (Si), 0,08% gacha ol – tingugurt (S) va b. bo’ladi. Strukturasi jihatdan yuqori xromli cho’yanga yaqin tu- radi, termik ishlanganda qattiqligini o’zgartirmaydi. S.ning boshqa ayrim xossalari: Rokvell bo’yicha qattiqligi 50 dan ortiq, erish t-rasi yuqori (1275°) va b. Shtamplar, o’lchov asboblari va b. detallar Sdan tayyorlanadi. Detal va asboblarning tez eyiladigan sirtlari- ga eritib yopishtirish va b. maqsadlarda xam ishlatiladi.