So’ruvchilar, trematodalar
So’ruvchilar, trematodalar (Trematoda) — yassi chuvalchanglar sin- Fi. Hayvonlar, ba’zan odamning ichki parazita. To’g’ri ichakli kiprikli chuval- changlardan kelib chiqqan. Gavdasining uz. bir necha mm dan 5 sm (ba’zan 1,5 m) gacha. Shakli bargsimon, ba’zan cho’ziq. Odatda, 2 so’rg’ichi bor. Og’iz so’rg’ichi gavdasining oldingi uchida, uning tu- bida og’iz teshigi joylashgan. Qorin so’rg’ichi og’iz so’rg’ichidan orqaroqda, ba’- zan gavdasining keyingi qismida. Tana qoplog’ichining epiteliy hujayralari parenximaga botib kirgan, kipriksiz. Hayot tsikli murakkab nasl gallanishi va xo’jayin almashinish orqali bora- Di. Tuxumi suvga tushganida undan ki- prikli lichinka— mirasidiy chiqadi. Lichinka 1oraliq xo’jayin (mollyuska) tanasiga o’tib, sporasistaga aylanadi. Sporasista pedagenez (lichinka davrida ko’payish) orqali 2lichinka — rediyni hosil qiladi. Rediylar ichida 3lichin- ka — dumli tserkariylar etishadi. Tser- kariylar suvga chiqib, 2oraliq xo’jayin (suv hasharotlari lichinkasi)ni zarar- laydi va tsistaga o’ralib, metaserkariyga aylanadi. 5000 dan ko’proq turi bor. S. — hayvonlar va odamda trematodoz ka- salligini paydo qiladi.