Sosiometriya

Sosiometriya (lot. societas — jamiyat va … metriya) — ijtimoiy psi- xologiya sohasi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh (i. ch., jamoa, oila) a’zolari o’rtasidagi bevosita emosional munosa- batlarni o’rganish va ularning darajala- rini o’lchashda qo’llaniladi. S. guruh a’- zolarining birbiri bilan o’zaro sub’ek- TIV munosabatlarini, individlarning guruxdagi mavqei, kim etakchilik qila olishi mumkinligi masalalarini ekspe- rimental yo’l bilan tadqiq qiladi. S.ga amerikalik sosiolog ya. Moreno (1892— 1974) asos solgan. Uning metodiga ko’ra, muayyan guruxdagi har xil xususiyatli shaxslarning uzaro munosabatlarini anik,lash uchun qaysi faoliyatda kim bi- lan birga qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ularda- gi mikdor kursatkichlari guruxdagi ki-shilarning shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi, xolos. Hoz. davrda S.ning modifikasiyalari ishlab chiqilgan (ya.L. Kolominskiy, I. P. Volkov). S.ning bu turi test savolla- ri yordamida bolalar jamoasidagi shax- slararo munosabatlar haqida to’laroq axborot to’plash imkonini beradi. S.ning nazariy va amaliy natijala- ri mehnat jamoalarining ijtimoiy ri- vojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h.k.da keng qo’llaiiladi. Ergash G’oziev.