Sossyur (Saussure) Ferdinand de

Sossyur (Saussure) Ferdinand de (1857.26.11, Jeneva 1913.22.2, Vyuflansyur-morj) — shveytsariyalik tilshunos. Jeneva (1875), Leypsig, Ber- Lin (1876-80) un-tlarida o’qigan. Jene- va un-tining prof. (1891 y.dan). S.ning birinchi asari hindevropa tillari vo- kalizmini o’rganishda, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi va rivojlanishida mug’im rol o’ynagan bo’lsa, uning “umumiy tilshunoslik kursi” (1916) 20-a. Evropa tilshunos- ligi rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. S. birinchi bo’lib tilni muayyan tizim sifatida o’rganishni taklif etdi, til lingvistikasi bilan nutq lingvisti- kasini, diaxroniya bilan sinxroniyani o’zaro farqladi; tilshunoslikni se- miologiya (semiotika)ning bir qismi deb hisoblab, lisoniy belgi tabiatini kashf etdi. S.ning tilshunoslikdagi qarashlari Jeneva tilshunoslik makta- bi vakillari Sh.Balli, A. Seshe asar- larida, frantsuz sosiologik maktabi namoyandalari A. Meye, J. Vandries va b.ning ilmiy ishlarida, strukturalizm kridalarida aks etgan. Evropa struktu- raviy tilshunosligi asoschisi sifatida S. tilshunoslikning, shuningdek, xori- jiy semiotikaning ayrim yo’nalishlari, antropologiya, adabiyotshunoslik va este- tikaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.