Sotti Husayn

Sotti Husayn (taxallusi; asl ism-sharifi Husainov Sotti) (1906, Qo’qon — 1942.5.9, Toshkent) — tanqidchi va adabiyotshunos. Moskvadagi kechki Ada- biyot in-tida o’qigan (1934-35). “Yosh Le- ninchi” gaz.da muharrir (1927-28), mo- skvadagi SSSR xalqlari muzeyida Voiz, “SSSR hukumati qonunlari majmuasi” jurnalining O’zbekcha nashrida muharrir (1934-37), O’zbekiston Yozuvchilar uyush- masida rais o’rinbosari (1937-38), til va adabiyot in-tida direktor (1938-40), O’zbekiston KP (b) MKda bo’lim mu- diri (1941— 42). S.H.ning “duoxon” va “johillik balosi” ilk pesalari 1921-22 ylarda yozilgan hamda Qo’qon sh. madaniyat klubida sahnalashtirilgan. “Loyqalar” (“g’alaba”) pesasi 1930 y.da O’zbek davlat drama teatri sahnasida qo’yilgan. Shundan keyin u “qizil tayoqchilar” (1935) va b. pesalarni yoz- gan. S.H. matbuot, teatr, musiqa, adabi- yot, tarjima masalalariga bag’ishlangan maqolalar e’lon qilgan. U Hamza mero- sini o’rganish ishini boshlab, “Hamza Hakimzoda hayoti va faoliyati” (1941) monografiyasini chop etgan va Hamzaning “Tanlangan asarlar”ini yu. Sultonov bilan birga nashrga tayyorlagan. As: tanlangan asarlar, T., 1974.