Sovet—Germaniya bitimlari
Sovet—Germaniya bitimlari (1939) — 1) hujum qilmaslik haqida 1939 y. 23 avg.da tuzildi (“mo- lotovribbentrop pakta”); bitimga ilova qilingan maxfiy hujjat tomonlarning “manfaatlar doirasi”ni chegaralab ber- Di (Boltiqbo’yi, Sharqiy Polsha, Fin- lyandiya, Bessarabiya va shim. Bukovina SSSR ning “manfaatlar doirasi”ga ki- ritildi). Bitim SSSRning tashki si- yosatida Germaniya b-n yaqinlashish sari keskin o’zgarishni anglatardi; bitim tuzilgandan so’ng Germaniya Polshaga hujum qilib, 2-jahon urushini boshlab yubordi. SSSR esa o’zining “manfaat- lar doirasi”da belgilangan hududlarni o’ziga qo’shib oldi; 2) “Do’stlik va chega- ralar haqida” 1939 y. 28 sent.da tuzil- gan bitim SSSR b-n Germaniya o’rtasida taxm. “Kerzon chizig’i” bo’ylab chegarani belgilab berib, Polsha davlatini tuga- tishni mustahkamlab qo’ydi.