“SOVG’A”
“SOVG’A” — ertapishar yozgi nok navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va VI- nochilik i.t. in-tida Vilyame va Les- Naya krasavisa navlarini chatishtirib chiqarilgan (A. K. Pavlov, V. V. Kuzne- sov). Daraxti o’rtacha kattalikda, shox- shabbasi keng piramida shaklida. Meva- si o’rtacha kattalikda, vazni 150— 170 g., och sariq, qizil taramlari bor. Po’sti yupqa, nafis, silliq, tovlanuvchan. Eti oq, mayin, moysimon, sersuv, nordonshi- rin, mazasi yoqimli. Tarkibida 13,9% qand, 0,15% kislota mavjud. Ko’chati ekilgan- dan so’ng 4—5yili hosilga kiradi. Apr. o’rtalarida gullaydi. Avg.ning o’rtalarida pishadi. Har yili hosil beradi. O’rtacha hosildorligi 134,4 ts/ ga (eng yuqorisi 227,1 ts/ga). Sovuqqa, kasalliklarga chidamli. 1959 y.dan O’zbekistonnin1: barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan.