Sovuq havo oqimi

Sovuq havo oqimi – atmosfera frontlaridan bo’lib, issiq havo tomon harakat qiladi va katta mintaqada havo t-rasini ancha pasaytiradi (q. Arkti- ka havosi). S.h.o. tsiklon ortida, sovuq front orqasida ro’y beradi. Kirib kela- yotgan S.h.o.da antisiklon yuzaga keladi. O’rta Osiyoga Arktika va mo”tadil kenglik sovuq havosi shim.dan yoki shim.g’arbdan Ural, G’arbiy Sibir, Qozog’iston va Ustyurt orqali keladi. S.h.o. ta’sirida havo oqimlari meridional yo’nalishga mos kelgan vaqtda O’rta Osiyoda traning pasayishi kuzatiladi, ya’ni kechki bahor va ertangi kuz sovuklari tushishiga olib keladi.