SOVUTLILAR

SOVUTLILAR, xitonlar (Loricata, Polyplacophora) — yonbosh nervli mol- lyuskalar sinfi.. Gavdasining uz. 0,5—35 sm, yassi va cho’ziq yoki chuval- changsimon; bosh, tana, yassi va keng oyoq bo’limlaridan tashkil topgan. Chig’anog’I o’zaro harakatchan qo’shilgan 8 ta plastin- kadan tashkil topgan. S tanasini qorin tomonga bukib, yumaloklanishi mumkin. Mantiya bo’shlig’i tor tirqishsimon; unda 6 dan 80 tagacha patsimon jabrala- ri joylashgan. O’ziga xos sezgi organi — estetlar chig’anog’ini teshib o’tadigan naychalarda joylashgan. Estetlar suv bo- simini va yorug’likni sezish vazifasini bajaradi. 4turkumi, 1000 ga yaqin turi bor, asosan, Jan. yarim shar dengizlarida tarqalgan. Ayrim jinsli, kiprikli li- chinkasi ko’p tukli halqalilar lichinka- siga o’xshash tuzilgan; suvda erkin suzib yuradi. Voyaga etgan S. suv tubida asta- sekin harakat qiladi, qirg’oq yaqinida yashaydigan S. toshlarga mahkam yopishib oladi. Suvo’tlar va datrit b-n oziklana- Di. Ayrim turlarini maxalliy aholi is- te’mol qiladi.