Soyaki, Zambilbosh

Soyaki, Zambilbosh — xalq selek- tsiyasida yaratilgan xo’raki va vinobop uzum navi. Toshkent viloyati Parkent tu- manida ko’p ekiladi. Tupi kuchli o’sadi, bargi yirik, uch bo’lmali, bet tomoni yaltiroq, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi havol, sershingil, ikki yoni bo’rtib chiqqan, 700-800 g (3-4 kg gacha boradi). G’ujumi o’rtacha, dumaloq, enibo’yi 18-19 mm, quyoshga qaragan tomoni sarg’imtir, och yashil, po’sti yupqa, eti suvli. Tarkibida 20— 22% qand, 6-7 g/l kislota bor. Hosili faol harorat yig’indisi 3100° da 150 kunda, avg. oxiri — sent. o’rtalarida to’liq pishadi. Hosildorligi 150-160 ts/ga. Eng yuqori hosildorligi 234 ts/ga. Uzumi yangiligida iste’mol qilinadi, oq musallaslar, shampan vinolari tayyor- lanadi; uzum boshlarini osib, qish fas- ligacha sakdash mumkin.