So’zana

So’zana-o’tmishda kelinlarning eng muhim sepi hisoblangan. Shuning uchun ham so’zanalar har bir xonadonda tikilgan. Badavlatroq xonadonlarda baxmal va shoyidan, kambag’alroq oilalarda ko’pincha malla, ba’zan oq bo’zdan so’zana tikishda foydalanilgan. So’zana tikish kasbi O’zbekiston va Tojikiston hududlarida qadimdan rivoj topgan bo’lib, hozirgacha saqlanib kelmoqda.