Sparta

Sparta (Lakedemon) — Lakonika (Peloponnes)dagi yunon shahardavlati (polney); mil. AV. 8-6-a.larda Pelo- ponnesning Jan. kismini bosib olgach, yirik davlatga aylangan. Rivoyatga ko’ra, S.dagi davlat tuzumiga Likurg (9-8-a. lar) tomonidan asos solingan. Sparti- atlar (S.ning to’la huqukli fuqarolari) o’zlariga biriktirib qo’yilgan ilot- lar bilan teng ravishda davlat er bo’laklariga egalik qilishgan, o’zlari esa, asosan, harbiy ish bilan mashg’ul bo’lishgan. Hunarmandchilik va savdo pe- rieklar qo’lida bo’lgan. S. — oligarxik davlat tuzumiga ega polisning yuksak na- munasi; davlat ishlari gerusiya, so’ngra eforlar kollegiyasi tomonidan hal etil- gan. Afina va S. o’rtasidagi raqobat 431-404 y.lardagi Peloponnes urushi- ga olib kelgan; S. unda g’alaba qozonib Yunoniston ustidan o’z hukmronligini o’rnatgan. Mil. AV. 4-3-a.larda S.da to- varpul munosabatlari taraqqiy etgan, bu mulkiy tabaqalanishni yanada kuchay- tirgan. S. Fiva bilan Levktra (371) va Mantineya (362) yonida bo’lgan janglarda mag’lubiyatga uchragach, 2darajali davlat- ga aylanib qolgan. 146 y. Rim tomonidan bo’ysundirilgan, mil. AV. 27 y. Rimning Axayya provintsiyasi tarkibiga kirgan. Kds. S. o’rnida hoz. Gresiyaning Sparta sh. joylashgan.