Sparta tarbiyasi

Sparta tarbiyasi – mil. AV. 84-a.larda Sparta davlatida zodagon- larning bolalarini tarbiyalash tizimi. 7— 20 yoshdagi bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan, keyin davlat internat- larida harbiyjismoniy tayyorgarlik ko’rishgan. O’qish va yozishni o’rganishgan; buyruqqa bo’ysunish, uni so’zsiz bajarish va g’alabaga erishish ko’nikmalari shak- llantirilgan, harbiy intizom asosida hayotga o’rgatilgan. Tartibintizom yil- danyilga qiyinlashtirib borilgan. Kat- talarga so’zsiz bo’ysunish, engil kiyimda, oyoq kiyimsiz yurishga, kattiq o’rinjoyda yotishga o’rgatilgan. Maxsus jismo- niy mashqlar bajarilishi belgilab qo’yilgan. 15-20 yoshdagilar uchun harbiy mashklar bilan birga, xorda kuylash aso- siy mashg’ulotlar sirasiga kiritilgan. Yoshlarning akliy rivojlanishi muhim hisoblangan va savollarga aniq hamda qisqa javob berish maxsus mashg’ulotlar jarayonida o’zlashtirilgan. Qizlar oila- da tarbiyalangan, lekin ularning tarbiya tizimiga yugurish, kurash, disk va nayza uloktirish kabi mashklar kiritilgan. 18-19-a. pedagogik fikr taraqqiyotida S.t.ning muhim ijobiy ta’siri bo’lgan. Bu tarbiyaning ayrim jihatlari keying yillarda Frantsiya va Rossiya harbiy o’quv yurtlarida ham qo’llanilgan.